QUTLOV
2024-03-08 11:56:13 447
Qutlov
Tumanimizning aziz va munis onaxonlari, dilbar opa-singillariyu go’zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go’zallik, latofat va mehr ramzi bo’lgan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin!
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o’lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma'no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo’ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go’zaldir.
O’zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o’tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta'kidlab o’tishimiz joizdir. Demak, biz barchamiz hamisha el-yurt ardog’idamiz.
Aziz va muxtarama opa-singillar!
Barchangizni yer kurramizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8 – mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to’kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu-hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman.
AYoLLIK BAXTI, BEKALIK TAXTI, ONALIK MARTABASI SIZLARGA HAMIShA HAMROH BO’LSIN!
Hurmat bilan, So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik, Shahnoza ShODMONOVA
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram