Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-08-07 18:00:56    155

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Tibbiy xodim oldingi ish joyidan shtatlar qisqartiliganligi uchun ishdan bo’shatilgan. Oradan ikki oy o’tgach yangi joyga ishga kirgan. «qisqartirishga tushgan», xodimning ish staji uzluksiz ish stajiga kiradimi va unga yangi ish joyida ustama tulanadimi?

 

Javob: 21.12.2005 yildagi 276-sonli VMQ bilan davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to’lash tartibi va shartlarini tartibga soluvchi Nizom tasdiqlangan. Shu jumladan, ustama to’lash shartlari ham.

Ustama tarif stavkasidan foizlarda belgilanadi. Shunday qilib, ko’p yillik ish staji uchun shifokorlar, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari, shuningdek sog’liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz ish stajida quyidagi ustamalar belgilanadi:

• 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5% miqdorida;

• 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10%;

• 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15% (oliy ma'lumotli hamshiralar uchun – tarif stavkasining 20%);

• 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20% (oliy ma'lumotli hamshiralar uchun – tarif stavkasining 30%).

Ustamalar to’lashning boshqacha tartibi belgilangan sog’liqni saqlash musassalari xodimlarining ayrim toifalari bundan mustasno

Agar xodim bilan avvalgi ish joyida mehnat shartnomasi O’zbekiston Respublikasi MK 161-m. 2-q. 2-b. bo’yicha (yoki eski MK 100-m. 2-q. 1-b. bo’yicha) shtat qisqarishi munosabati bilan bekor qilingan bo’lsa va keyingi ishga joylashgunga qadar ishdagi tanaffus uch oydan oshmasa, ustama to’lash uchun uzluksiz ish staji saqlanadi.


A.Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram