Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-06-09 09:32:51    221

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Ishni o’qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi to’g’risida ma'lumot bersangiz

 

Javob: O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 386-moddasiga asosan ishni o’qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta'lim olayotganda beriladi.

Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek, tegishli darajadagi ta'lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta'lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.

Ishni bir vaqtning o’zida ta'lim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi o’qish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga ko’ra) olayotgan ta'limi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.

Ushbu Kodeks 383-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o’quv ta'tili ish stajiga qo’shib hisoblanadi.

O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram