Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TASHABBUSLI BYUDJET” JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

×

 2023-05-31 18:57:20    115

PDF yuklash
Chop etish


“Tashabbusli byudjet” jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha ochiq muloqot tashkil etildi

Respublikamizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida fuqarolarimizning ishtiroki bevosita bajarilayotgan ishlar samaradorligiga xizmat qilayotir. Bunga “Tashabbusli byudjet” mablag’lari orqali qilinayotgan ishlar misol bo’la oladi.

Oxirgi yillar davomida tumanimizda “Tashabbusli byudjet” mablag’lari orqali hududlar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Galdagi maqsad ushbu loyihani mukammalashtirishdan iborat va ushbu tadbirlarda ham fuqarolarimiz faol ishtirok etishayotir.

Ushbu maqsadda tumanimizda fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar yig’ish maqsadida ochiq muhokama va muloqotlar tashkil etilmoqda. Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida mazkur masalada tadbir tashkil etildi va ushbu tadbirda tuman hokimligi va tuman moliya bo’limi vakillari ishtirok etishdi.

Mahalla faollari ishtirok etgan mazkur tadbirda fuqarolarga “Tashabbusli byudjet” va uning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Fuqarolar ham o’z navbatida ovoz berish mexanizmini takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish, jarayonlarni o’tkazish muddatlari yuzasidan loyihalar maksimal qiymatini belgilash bo’yicha takliflar berdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram