JAVPAYA MASSIVIDA DAROMAD OLISH ISTAGIDA BO’LGAN HAR BIR FUQARO ASTOYDIL MEHNAT QILMOQDA
2023-05-29 18:54:18 132
Javpaya massivida daromad olish istagida bo’lgan har bir fuqaro astoydil mehnat qilmoqda
Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi Javpaya massivida barpo etilgan yangi o’rikzorda bugun bog’ qator oralariga ekin ekish ishlari fuqarolarimiz tomonidan tizimli olib borilmoqda. Tuman hokimi va tuman prokurori, 1-sektor hududidagi mahallalar beshligi tomonidan olib borilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari samarasi o’laroq, fuqarolarni Javpayaga jalb etish o’zining natijasini ko’rsatib, poliz ekinlari, ayniqsa, oshqovoq ekish ishlari oxiriga yetkazilmoqda.
Javpayaga jalb etilgan texnikalar yordamida yerlarni shudgorlash va ishlov berish ishlari ham jadallashgan. Ekin ekish bo’yicha tashkil etilgan seminar ham fuqarolarimizga ancha qo’l kelgani olib borilayotgan ishlarda namoyon bo’lmoqda.
Membrana hovuzi atrofini obodonlashtirish va xavfsizligini ta'minlash maqsadida betonlashtirish ishlari ham oxiriga yetkazilmoqda. Eng asosiysi, suv tejovchi texnologiyalardan mazkur hududda samarali foydalanilmoqda.
Ta'kidlash lozim, yaratib berilgan shart-sharoitlardan fuqarolarimiz samarali foydalanishlari lozim bo’ladi - buning uchun sa'y-harakat va albatta mehnat qilish shart va zarur. Aslida manfaat va daromad olish istagida bo’lgan har bir inson eng avvalo, mehnat va astoydil harakat qilishi kerak.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram