Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDA DAROMAD OLISH ISTAGIDA BO’LGAN HAR BIR FUQARO ASTOYDIL MEHNAT QILMOQDA

×

 2023-05-29 18:54:18    76

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya massivida daromad olish istagida bo’lgan har bir fuqaro astoydil mehnat qilmoqda

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi Javpaya massivida barpo etilgan yangi o’rikzorda bugun bog’ qator oralariga ekin ekish ishlari fuqarolarimiz tomonidan tizimli olib borilmoqda. Tuman hokimi va tuman prokurori, 1-sektor hududidagi mahallalar beshligi tomonidan olib borilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari samarasi o’laroq, fuqarolarni Javpayaga jalb etish o’zining natijasini ko’rsatib, poliz ekinlari, ayniqsa, oshqovoq ekish ishlari oxiriga yetkazilmoqda.

Javpayaga jalb etilgan texnikalar yordamida yerlarni shudgorlash va ishlov berish ishlari ham jadallashgan. Ekin ekish bo’yicha tashkil etilgan seminar ham fuqarolarimizga ancha qo’l kelgani olib borilayotgan ishlarda namoyon bo’lmoqda.

Membrana hovuzi atrofini obodonlashtirish va xavfsizligini ta'minlash maqsadida betonlashtirish ishlari ham oxiriga yetkazilmoqda. Eng asosiysi, suv tejovchi texnologiyalardan mazkur hududda samarali foydalanilmoqda.

Ta'kidlash lozim, yaratib berilgan shart-sharoitlardan fuqarolarimiz samarali foydalanishlari lozim bo’ladi - buning uchun sa'y-harakat va albatta mehnat qilish shart va zarur. Aslida manfaat va daromad olish istagida bo’lgan har bir inson eng avvalo, mehnat va astoydil harakat qilishi kerak.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram