DAROMAD OLISHGA OID YARATIB BERILGAN SHART VA SHAROITLAR HAR BIRIMIZNI XAYRIXOH BO’LISHGA CHORLAYDI
2023-05-26 19:58:35 120
Daromad olishga oid yaratib berilgan shart va sharoitlar har birimizni xayrixoh bo’lishga chorlaydi
Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi Javpaya massivida barpo etilgan yangi o’rikzor qator oralariga ziroatlar ekish yuzasidan massivga biriktirilgan rahbarlar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Viloyat hokimining oxirigi tashrifi chog’ida ishlarni tizimli tashkil etish bo’yicha vazifa olgan rahbarlar ko’rsatmalar ijrosini sifatli ta'minlashga astoydil kirishgan.
So’x tumani prokurori Sadirali Mirzokarimovning ma'lumotiga ko’ra, bugun Javpaya massivida 112 ta lot egalari bilan amaliy seminar o’tkazildi. Seminarda har bir fuqaroga mutaxassislar tomonidan ko’chatlar oralarini tozalash va qator oralariga oshqovoq ekish tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, yangi bog’bonlarga urug’larni ekish sxemasi va ularni oziqlantirish tartibi ham atroflicha tushuntirildi. Ekish uchun olib kelingan 50 kilogramm oshqovoq urug’i tarqatilib, 8 gektar yer maydoniga belgilangan tartibda ekilishi taminlandi.
Tuman hokimi nazoratida olib borilayotgan ishlarda hududlar beshligi ham astoydil harakat qilishayotir. Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevning ma'lumotiga ko’ra, viloyat hokimi ko’magi bilan Javpayaning issiqxonalar hududiga sug’orish suvi tortish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Darhaqiqat, ayni kunda Javpayada mehnat qilish va astoydil harakat qilish pallasi avj olishi lozim. Berilgan imkoniyat va sharoitdan samarali foydalanish maqsadi bor odam bugun shukronalik va xayrixohlik bilan chiqib mehnat qilishi shart va zarur.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram