ROVON MAHALLASIDA IFTORLIK TADBIRI TASHKIL ETILDI
2023-03-31 17:37:28 121
Rovon mahallasida iftorlik tadbiri tashkil etildi
Tumanimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” mavzusi ostida tashkil etilayotgan iftorlik tadbirlari umrboqiy milliy an'ana va udumlarimizga xos tarzda o’tkazilmoqda. Rovon mahalla fuqarolar yig’ini fuqarolari uchun tashkil etilgan iftorlik dasturxoni “Sohil” dam olish majmuasida bo’lib o’tdi.
Rovon mahallasi yoshlar yetakchisi Tasvirjon Boboyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, iftorlikga Rovon mahallasida yashovchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ro’yixatida turuvchi, nogironligi bo’lgan, boquvchisini yo’qotgan, kam ta'minlangan oilalar vakillari taklif etildi. Iftorlik tadbirida 200 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz mustaqilligini barcha sohalarini mustahkamlash, xususan, muqaddas dinimizni tiklash, uning pokligini saqlash, jamiyatimizda diniy bag’rikenglik, millatlar o’rtasida do’stlik va hamjihatlik muhitini qaror toptirishda ulkan ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlashdi. Tadbirda viloyatimizning turli tumanlaridan tashrif buyurgan imom- xatiblar ham ishtirok etishdi.
Tadbirga taklif etilgan imom-xatiblar ma'ro’zalar qilib, Qur'on oyatlaridan tilovat qilishdi, barcha musulmonlarning tutgan ro’zalarini Alloh o’z dargohiga qabul qilishini, ushbu hayotda bilib bilmay qilgan gunohlari kechirilishini so’rab duolar qilishdi. Tadbir jarayonida mahalla mutasaddilari tomonidan bir guruh bemorlar va kam ta'minlangan fuqarolar holidan xabar olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram