Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 251 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDA “SUMALAK SAYLI” TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-31 17:35:16    95

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahallasida “Sumalak sayli” tashkil etildi

Ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan milliy qadriyatlar borki, ularni kelajak avlodga ulashish bugungi kun odamlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ayni kunda tumanimiz hududlarida tashkil etilayotgan turli tadbirlar mana shunday azaliy qadriyatlarni xalqimiz qalbi va ongu shuurida mustahkam joy olishiga xizmat qilayotir.

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan “Sumalak sayli” tadbiri ham mana shunday qadriyatlarga nisbatan hurmat va ehtirom ruhida tashkil etildi. Mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari va nuroniy onaxonlar, shuningdek, yoshlar ishtirok etgan tadbirda milliy ana'analarga xos bo’lgan barcha jihatlar namoyish etildi.

Milliy taomlar, milliy liboslar, o’zligimizga xos bo’lgan xonadon bezash san'ati, xalqimizga xos bo’lgan uy-ro’zg’or asbob-anjomlari ko’rgazmasi tashkil etildi. Ijro etilgan ko’y-qo’shiq va laparlar, to’y tadbirida aytiladigan asho’lalar ijrosi va ushbu jarayonning amaliy namoyishi bilan tadbir g’oyatda fayzli o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram