Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-03-30 17:12:06    102

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq oltmish to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari “beshligi”, umumiy o’rta ta'lim maktablari direktorlari va pedagogik jamoalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. 2023 yil 30-aprel kuniga belgilangan Referendumni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida tumandagi Referendum o’tkazuvchi uchastka tarkibini tasdiqlash to’g’risida.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 31-yanvar 2023 yildagi PQ-39 qarorining 5/4-bandiga asosan  dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida.


Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan tuman hokimining  jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha maslahatchisi Ibrohimjon Axmatov so’zga chiqib, tumanda tashkil etilgan Referendum o’tkazuvchi uchastkalar tarkibini sessiya ishtirokchilariga tanishtirdi. Tashkil etilgan har bir Referendum uchastkalari a'zolari va tarkibi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.   

 

Ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ma'ro’za qildi va o’z so’zida tumanda masala bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.

 

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram