Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHOHSUPA SARI YO’L MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANDI

×

 2023-03-30 17:07:29    60

PDF yuklash
Chop etish


Shohsupa sari yo’l maktab ostonasidan boshlandi

Sport sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor samarasi Respublikamizning eng chekka hududlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Barcha muvaffaqiyatlar zamirida Vatanga bo’lgan muhabbat va iftixor mujassamligi sportchilarimizning qo’lga kiritayotgan zafarlarida namoyon bo’lmoqda.

So’x tumanida ham sohadagi islohotlar samarasi o’laroq tumanimiz sportiga o’z hissasini qo’shayotgan yoshlar yetishib chiqmoqda. Qal'a mahallasining 3-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchisi Habibulloh Saynazarov ham mana shunday umidli sportchilarimizdan.

Kuni kecha Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Respublika birinchiligida qatnashgan yosh bokschimiz o’z vazn toifasida faxrli ikkinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi. Bugun Toshkentdan qaytgan 37 kilogrammli bir kam chempionni barcha yaqinlari kutib olishdi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, qo’shni Qirg’izistondan tumanimizga tashrif buyurgan vakillar hayati yosh bokschini Devayron mahallasida kutib oldilar. Yosh sportchiga muvaffaqiyat tilagan rahbarlar bunday zafarlar bardavom bo’lishiga umid bildirdilar.

So’ngra Toshkentdan kumush medal bilan qaytgan sportchiga bag’ishlab 3-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktab pedagogik jamoasi, yosh bokschining oila a'zolari va sport murabbiylari, tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar ushbu muvaffaqiyat zamirida mashaqqatli mehnat va albatta, davlatimiz rahbarining sport rivojiga berilayotgan e'tibori mujassamligini alohida ta'kidlab o’tdilar. Tadbirda muvaffaqiyatga erishgan yosh bokschining ota-onasi va murabbiyiga tuman hokimligi nomidan minnatdorchilik izhor etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram