Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI MIQYOSIDA IFTORLIK TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-03-30 17:05:02    54

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani miqyosida iftorlik tadbirlari o’tkazilmoqda

Ramazon poklanish, mehr-oqibat, o’zaro hurmat-izzat, odamlar o’rtasida muhabbatni mustahkamlaydigan oyidir. Ushbu oyda barcha gina-kuduratlar unutiladi, kechirimli bo’lgan va kechira oladigan insongina ajru savobga ega bo’ladi.

Ayni kunda Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” shiori ostida iftorlik tadbirlari o’tkazilyapti. O’tkazilayotgan tadbirlarda hududdagi nuroniylar, piru badavlat oqsoqollar, onaxonlar, kam ta'minlangan, ehtiyojmand fuqarolarga iftorlik dasturxoni yozilmoqda.

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inidagi “Mirzo Ulug’-ota” dam olish maskanida tashkil etilgan iftorlik tadbiriga tadbir tashkilotchilari   mazkur mahaallada istiqomat qiladigan 100 nafardan ko’proq “Temir daftar”, “Ayollar daftari” ro’yixatiga kiritilgan fuqarolarni taklif etdilar. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning so’zlariga ko’ra, tadbir ishtirokchilari uchun bayramona ziyofat tashkil etildi.

Bir piyola choy ustida iftorlik qilgan nuroniylar Vatan tinchligi, osoyishtaligi, hayot farvonligi, ro’zgor butligi, farzandlar kamolini tilab, ezgu tilaklar bilan qo’llarini ochib, duolar qildilar. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bunday tadbirlarni tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bo’linmasi, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi mutasaddilari ko’tarinkilik bilan o’tkazishga astoydil harakat qilishayotir.

Hududdagi kam ta'minlangan oilalar, yakka yolg’izlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu kabi xayryai tadbirlari tumanning barcha mahallalarida o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram