Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON REPUBLIKASIDA INSON VA FUQAROLARNI SHAXSIY HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY IFODASI

×

 2023-03-29 08:09:22    168

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Republikasida inson va fuqarolarni shaxsiy huquqlarining konstitutsiyaviy ifodasi

 

Yashash huquqi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining                          3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari mustahkamlangan. Shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida "Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu huquq qonun tomonidan himoya qilinadi. Hech kim o’zboshimchalik bilan hayotdan mahrum qilinishi mumkin emas" deyilgan.

Inson – bioijtimoiy mavjudot bo’lib, tabiat mahsuli sifatida biologik tirik organizm hamda jamiyat mahsuli sifatida shaxs bo’lib shakllanadi. Yashash huquqi aynan insonlarning biologik mavjudligini saqlashga bo’lgan huquqidir.

   Shu bois huquq tomonidan qo’riqlanadigan ijtimoiy qadriyatlar qatorida inson, uning shaxsi bilan bog’liq xususiyatlari ijtimoiy ma'noda tengi yo’q, biologik ma'noda takrorlanmas, tabiat va jamiyat ijodining mahsuli sifatida markaziy o’rinni egallaydi. Insonning har qanday tirik mavjudotlar kabi fizilogik va psixologik tuzilishi, ayniqsa, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, ijtimoiy munosabatlarning yaratuvchisi va ishtirokchisi, sub'ekti ekanligi bois ham uinng hayoti oliy darajada muqaddas hisoblanadi hamda u muhofaza qilinadi.

Har bir insonning yashash huquqi o’z navbatida tabiiy huquqlar qatoridan joy olib, uni ta'minlash uchun davlat tomonidan:

- har bir insonning hayoti xavfsizligini kafolatlovchi qonunchilik tizimini shakllantirish;

- insonning biologik mavjudligini saqlab qolish uchun yetarlicha iste'mol mahsulotlari (oziq-ovqat) bilan ta'minlash choralarini ko’rish;

- ekologik toza atrof tabiiy muhitni yaratish;

- sog’liqni saqlash tizimini mustahkamlash va rivojlantirish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirilishi kerak.

           Yashash huquqi kafolatlarini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan fuqarolarning sog’lig’ini saqlashga jiddiy e'tibor berilmoqda. Uning uchun sog’liqni saqlashning yagona tizimi yaratilgan bo’lib, bu tizim sog’liqni saqlash sohasidagi qonunchilikni ham o’z ichiga olgan.

   O’zbekistonda sog’liqni saqlash hamda onalik va bolalikka katta e'tibor berilmoqda. Buning uchun qator davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgan. Ularning asosiy vazifasi bolalar o’limining oldini olish, ekologiyani yaxshilash, jismoniy va sog’lom avlodni ustirish, onalik va bolalikni himoya qilish uchun zarur shart –sharoitlarni yaratishni ko’zlaydi.

   Insonlarning yashash huquqini ta'minlash va muxofaza qilish jinoyat huquqi qonunchiligida rivojlantirilib, unda inson hayotini muhofaza qilishga doir o’nlab jinoiy huquqiy choralar tizimi mustahkamlangan. Undin tashqari jinoyat huquqi qonunchiligida avf etish instituti ham mavjud.

   Shaxsiy erkinlik va daxslsizlik huquqi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasiga ko’ra, O’zbekistonda “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinish yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”.

Fuqarolarni erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi konstitutsiyaviy huquq sifatida insonlarni tug’ilishi bilan qo’lga kiritilib, o’z ixtiyori bo’yicha harakat qilishi, boshqalarning shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetmaydigan tarzda yurish-harakat qilishi lozim. Hech kim insonga qonunda nazarda tutilmagan yullar orqali ta'sir ko’rsatishi mumkin emas. Shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq me'yorlari doirasidan chiqmasligi va qonun asosida bo’lishi kerak. Fuqarolarni erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi va boshqa muhofaza choralari nazarda tutilgan qonunlar bilan himoya qilinadi.    

Masalan, Jinoyat-protsessual Kodeksining 18-moddasi 2-qismida: hech kim sud qaroriga asoslanmay yoki prokuror sanktsiyasisiz hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas, deb belgilangan.

    Shaxsning aybsizlik prezumptsiyasi. O’zbekiston Respublikasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas.

Aybsizlik prezumptsiyasi (aybi isbot qilinguncha shaxsni aybsiz deb faraz qilish) O’zbekiston Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan bo’lib, uning mazuni quyidagilarda ko’rinadi:

1)          shaxsning aybi isbot qilinmagunga radar u aybsiz deb topiladi;

2)     gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi aybini isbot qilish faqat vakolatga ega tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi, ya'ni shaxs o’z aybsizligini isbotlab berishga majbur emas;

3)     agar baracha gumonlar isbotlanmasa, bunda bu gumonlar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi foydasiga hal etiladi;

4)      shaxs faqat sudning hukmi, qororiga binoangina aybdor deb topiladi va qonunda ko’zda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.

O’zbekiston Respblikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi qarori bilan 1984 yil 10 dekabrdagi "Qiynoqlarga solishga va muomalada bo’lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konventsiya"ga qo’shildi.      

Bu Konventsiyada alohida ta'kidlanadiki, yuqorida bayon etilgan ta'rif qonuniy choralar qo’llash natijasida paydo bo’ladigan og’riq va azoblarga taalluqli emasligi alohida ta'kidlanadi. Qiynoqlarga solish, shafqatsiz yoki insonning qadr-qimmatini tahqirlaydigan har qanday harakatga jinoyat qonunchiligida jinoyat sifatida qaraladi.

Shaxsiy hayot daxlsizligi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 27-moddasida “Har kim o’z sha'ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o’tkazish yoki uni ko’zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” deyilgan.

Bu normada, ya'ni:

- shaxsning sha'ni va qadr-qimmati;

- nomulkiy huquqlarni qo’riqlash va hurmat qilish;

- shaxsiy xayot;

- turar - joy daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan.

Sha'n va qadr-qimmat faqat insonga xos sifat bo’lib, u insonga tug’ilganidan qo’lga kiritadigan ajralmas va boshqalarga o’tkazib bo’lmaydigan huquqi hisoblanadi, ya'ni ma'naviy dunyosini tavsiflaydigan nomoddiy boyliklardan biri hisoblanadi.

Shaxs sha'ni - deganda shaxs yurish turishiga nisbatan o’zga shaxslarni bergan ma'naviy-axloqiy bahosi tushuniladi.

Qadr-qimmat - shaxsning jamiyatdagi o’rniga, shaxsiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, dunyoqarashiga qarab o’z-o’zini ichki boholashidir.

Shu bois u ijtimoiy fikr bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramasdan, shaxsning qadr-qimmati, shaxsni ichki o’zini-o’zi baholash mezoni va jamiyatning unga bergan bahosi o’zaro biri-biriga bog’langan mezonlardandir. Shuning uchun ham insonning sha'n va qadr-qimmati katta ijtimoiy ahamiyatga ega qonun tomonidan himoya qilinadi.

Qonunlarda fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlash ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sifatida baholanib, bunday harakatlar tuhmat yoki haqorat deb e'tirof etiladi va Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks yoki Jinoyat Kodeksi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Konstitutsiyaga muvofiq hech kim O’zbekiston Respublikasida shaxslarni turar joyini qonunda ko’rsatilmagan hollarda shaxsning ruxsatisiz turar joyga kirishga, tintuv o’tkazish yoki uni ko’zdan kechirishi mumkin emas. Faqat prokurorning ruxsati bilan jinoyatga aloqadorligi mavjud deb gumon qilinayotgan turar joyda yuqoridagi hatti-harakatlar amalga oshirilishi mumkin.

 

 

M.Gofurov - Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudining sudyasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram