SOHIBKOR MAHALLASIDA BETONLASHTIRISH ISHLARI OXIRIGA YETKAZILIB, KO’CHALARGA ASFALT QOPLAMASI YOTQIZISH ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI
2023-03-27 16:12:38 129
Sohibkor mahallasida betonlashtirish ishlari oxiriga yetkazilib, ko’chalarga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi
Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida hududdagi barcha ko’chalarni ta'mirlashga qaratilgan ishlar jadallik bilan davom etmoqda. Betonlashtirish ishlari oxiriga yetkazilib, bugun Sohibkordagi ko’chalarga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi.
- Mahallamizdagi barcha ko’chalar davlatimiz rahbari e'tibori asosida ta'mirlanmoqda. Sohibkorda asosan barcha ko’chalarning umumiy uzunligi 9 kilometrni tashkil etadi. Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida ichki ko’chalarning 2,1 kilometriga beton qoplamasi yotqizildi. Bugundan esa, qolgan 1,4 kilometr uzunlikdagi ko’chalarga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Berilgan yuksak e'tibor va ko’rsatilgan g’amxurlik uchun Prezidentimizga barcha mahallamiz aholisi nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz, - deydi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini raisi Habibjon Olimov.
Davlatimiz rahbarining 408-sonli qarori asosida mazkur mahallada 3,5 kilometr ichki yo’llarni ta'mirlash ko’rsatib o’tilgan. Farg’ona tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan bajarilayotgan ta'mirlash ishlariga davlatimiz tomonidan salkam 1 milliard 600 million so’m mablag’ yo’naltirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram