XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2023-02-27 17:54:46 119
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq oltmish yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:
1. Tumandagi “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritishga tavsiya etilgan ehtiyojmand xotin-qizlar to’g’risida.
2. So’x tumani sektorlar hududidagi ehtiyojmand, nogiron, boquvchisini yuqotgan oila a'zolarini “Temir daftar”ga kiritish to’g’risida.
3. “Saxovat va ko’mak” jamg’armasiga tushgan mablag’larni tasarruf etish to’g’risida.
4. 2022 yilda tumanda xizmat ko’rsatish sohasida qilingan ishlar va 2023 yildagi ushbu soha buyicha “Yul xaritasi”ni tasdiqlash to’g’risida.
5. “Farg’ona mintaqaviy yullarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasining 2023 yil 17 fevraldagi 40/7-18-sonli xatiga asosan tumandagi ichki yullarni ta'mirlashning manzilli ruyxatini tasdiqlash to’g’risida.
Shuningdek sessiyada deputatlar taklifi asosida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ham muhokama qilindi.
Sessiyaga qo’yilgan ushbu masalalarga oid axborotlar tinglandi va bu bo’yicha deputatlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i, tuman hokimi o’rinbosari Madinaxon Safarova ma'ro’za qildi va o’z so’zida tumanda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritishga tavsiya etilgan ehtiyojmand xotin-qizlar to’g’risida ma'lumot yetkazdi.
Deputatlarga ikkinni masala yuzasidan birinchi sektor rahbari, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, ikkinchi sektor bo’yicha tuman prokurori o’rinbosari Olimjon Do’stov, uchinchi sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va to’rtinchi sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar “Temir daftar”ga kiritish uchun ehtiyojmand fuqarolar haqida ma'lumot berdilar. Barcha “Temir daftar”ga kiritish uchun tavsiya etilgan fuqarolar ro’yixati sektorlar kesimida deputatlar tomonidan ovoz berish yo’li bilan tasdiqlandi.
Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov barcha deputalarga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan ko’rsatilgan moddiy yordamlar bo’yicha ma'lumot berdi. Deputatlar tomonidan navbatdagi kam ta'minlangan oila va fuqarolarga moddiy yordam ko’rsatish bo’yicha shakllantirilgan ro’yixati tasdiqlandi.
2022 yilda tumanda xizmat ko’rsatish sohasida qilingan ishlar va 2023 yildagi qilinadigan ishlar yuzasidan tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ma'ro’za qildi. Deputatlar tomonidan 2023 yil uchun tuzilgan “Yo’l xaritasi” bir ovozdan tasdiqlandi.
Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev tumanda ichki yo’llarni ta'mirlash bo’yicha qilinadigan ishlar yuzasidan axborot berdi. Deputatlar tomonidan “Farg’ona mintaqaviy yullarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasining 2023 yil 17 fevraldagi 40/7-18-sonli xatiga asosan tumandagi ichki yullarni ta'mirlash bo’yicha tuzilgan manzilli ruyxatni bir ovozdan tasdiqladilar.
Sessiya kun tartibiga deputat Subhonali Nishonov taklifi bilan kiritilgan masalalar ham muhokama etildi. Taklif bo’yicha deputat tomonidan ikkita masala kiritildi va bu bo’yicha deputatlar Subhonali Nishonovning ma'ro’zasini tanglashdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 mart 2022 yilgi 81-sonli Farmonini 17-bandida mahalla raislariga qo’shimcha huquqlar berilgan bo’lib, bu bo’yicha Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonov mahalla xotin-qizlar fa'oli va profilaktika inspektorini samarali faoliyati uchun rag’batlantirish yuzasidan yuqori tashkilotlarga aloqa xat chiqargani va ushbu masala ham deputatlar tomonidan tasdqilash lozimligini qayd etdi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektorini rag’batlantirish yuzasidan bildirilgan taklif deputatlar tomonidan sessiyada tasdiqlandi.
Subhonali Nishonov deputat sifatida tuman miqyosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4798-sonli qarori asosida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari bu amaliyotga mas'ul bo’lgan “Yangi avldod” firmasi tomonidan oqsayotgani va bunga nisbatan huquqiy baho berish bo’yicha taklif kiritdi. Chunki tuman miqyosida bu bo’yicha olib borilgan ishlar talab darajasida emasligi va bu fuqarolarning haqli nroziligiga sabab bo’layotgani deputat tomonidan qayd etildi. Deputatga tuman prokurori o’rinbosari tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Bu masala sessiya kun tartibiga kirtilishi va bu bo’yicha deputatlar ishtirokida nazorat-tahlil ishlari amalga oshirilishi lozimligi bo’yicha bildirilgan taklif ham ma'qullandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram