Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUSHYORLIK YOSH FUTBOLCHILAR TUMANDA G’OLIBLIKNI QO’LGA KIRITISHDI

×

 2023-02-21 19:09:54    91

PDF yuklash
Chop etish


Hushyorlik yosh futbolchilar tumanda g’oliblikni qo’lga kiritishdi


Tumanimizning “Sug’diyona” sport majmuasida tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev tashabbusi va sa'y-harkati bilan tashkil etilib, o’tkazilgan futbol musobaqalarida tuman mahallalari yoshlaridan iborat futbol jamoalari g’oliblikni qo’lga kiritish uchun o’zaro bellashdilar. Bir necha kun davom etgan mazkur musobaqalar barcha futbol muxislarini bir joyga jamladi va yangi jamoa, shuningdek, eng faol va mahoratli futbolchilarni ham aniqlab berdi.


Bugun maydonga chiqgan Sarikanda va Qal'a yoshlari jamoalari uchinchi o’rin uchun bahs olib borishdi. Natijada Sarikanda mahalla yoshlari raqiblari ustidan 3:2 hisobi bilan ustun kelishdi.


Final bosqichida esa Hushyor va Sharqobod mahallalari futbolchilari o’zaro ro’para kelishdi. Murosasiz kechgan bahsda Hushyorlik fubolchilarning qo’llari baland keldi. 


Taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Musobaqalar g’olibi va sovrindorlariga tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram