Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’AZNOVLIKLAR MAHALLADA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSINI BARTARAF ETISHGA QARATILGAN ISHLARDAN MAMNUN

×

 2023-02-16 17:06:51    60

PDF yuklash
Chop etish


G’aznovliklar mahallada ichimlik suvi muammosini bartaraf etishga qaratilgan ishlardan mamnun

Tumanimizning 1-sektori hududidagi G’aznov mahalla fuqarolar yig’inidagi muammolardan biri bu mahallada ichimlik suvi yetishmovchiligi hisoblanadi. Bugungacha suv ta'minoti bo’yicha ishlar olib borilgan bo’lsada, aholiga to’liq yetib bormagan va bu muammo mahalla ahlining ko’pchiligini qiynamoqda.

Ayni kunda mazkur muammoni hal etilishi bo’yicha mahallada amaliy ishlar boshlanib ketdi. Mahallada tik quduq qazish ishlari boshlab yuborildi. Bu ishlardan mahalla ahlining quvonchi cheksiz va bizga fuqarolarning o’zlari ish jarayoni haqida ma'lumotlar jo’natishmoqda.

G’aznov mahallasida yashovchi fuqaro Isroiljon Jo’rayevning so’zlariga ko’ra, amaliy ishlarni ko’rib, mahalla ahli juda xursand. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko’ra, ushub yo’nalishda bugun soha xodimlari tomonidan ishlar olib borilmoqda va ular 100 metr chuqurlikdan “obi hayot” olish ilinjida astoydil harakat qilishayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram