Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALARGA ALIMENT TO’LOVLARI JAMG’ARMASIDAN ALIMENT TO’LASH TARTIBI BELGILANGAN

×

 2023-02-16 16:45:26    117

PDF yuklash
Chop etish


Bolalarga aliment to’lovlari jamg’armasidan aliment to’lash tartibi belgilangan

Hukumat qarori (427-son, 03.08.2022 y.) bilan aliment to’lovlari jamg’armasi to’g’risidagi nizom tasdiqlangan

        Nizomga ko’ra, jamg’arma mablag’lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan bo’yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to’lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryo’la undiruvchiga to’lab berishga) yo’naltiriladi.

        Aliment to’lovlarini qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment to’lovlarini qoplab berish to’g’risidagi qarori asos bo’lib hisoblanadi.

        Aliment to’lovlari qaror olingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

        Jamg’arma mablag’lari aliment to’lovlarini qoplab berish uchun yetarli bo’lmagan taqdirda, aliment to’lovlari mablag’lar kelib tushgan kundan boshlab qoplanadi.

        Davlat ijrochisi jamg’armadan qoplangan aliment to’lovlari bo’yicha qarzdordan mablag’larni qaytarish bo’yicha ijro harakatlarini amalga oshiradi.

        Jamg’armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag’lari byudjetga olib qo’yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.                                 

                  MIB So’x tumani bo’limi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram