SO’XDA ALIMENT TO’LAMAGAN QARZDORLARGA CHORA KO’RILDI
2023-02-16 16:38:15 117
So’xda aliment to’lamagan qarzdorlarga chora ko’rildi
Byuroning So’x tumani bo’limi ish yurituvida bo’lgan FIB Rishton tumanlararo sudining 06.04.2017 yildagi aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo’yicha qarzdor A.X. bir necha marta ogohlantirilgan bo’lsada, farzandining moddiy ta'minoti uchun 38 oy davomida 35,3 mln. so’m alimentni undiruvchi S.S.ga to’lamay kelgan.
Shu sababli, JIB So’x tuman sudining 15.02.2023 yil kungi qarori bilan, O’zbekiston Respublikasi MJTKning 47.4-moddasiga asosan, qarzdor A.X. nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, qarzdor B.M. 33,2 mln. so’m aliment to’lovlarini to’lashdan bo’yin tovlaganligi sababli, yuqoridagi sudning 15.02.2023 yildagi qaroriga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi bilan jazolandi.
Shu bilan birga, qarzdor O.X. sud jarayonida alimentdan bo’lgan 12,9 mln. so’m qarzini to’laganligi uchun unga nisbatan yuritilgan ma'muriy ish tugatildi.
MIB So’x tumani bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram