Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA MAHALLA RAISI TASHABBUSI BILAN “YOSH KITOBXON” TANLOVI O’TKAZILDI

×

 2023-02-16 16:36:17    67

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada mahalla raisi tashabbusi bilan “Yosh kitobxon” tanlovi o’tkazildi

- Kitobga oshno tutingan qalbda har doim mehr va muhabbat jo’sh uradi. Kitob o’qigan insonda g’araz, hasad degan insonga xos bo’lmagan xislatlar umuman bo’lmaydi. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai, - deb bizga xabar yo’llamoqda Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonov. Ayni mahallaning 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tahsil olayotgan barcha o’quvchilar o’rtasida mahalla raisi tashabbusi bilan “Yosh kitobxon” tanlovi o’tkazildi.

Mahalla raisi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda maktabning o’quvchilari ishtirok etdilar. Aytish lozimki, bugun maktab va mahallaning hamkorligi mana shunday ezgu g’oyalar paydo bo’lishiga omil bo’lmoqda.  

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19 iyun 2012 yildagi 175-sonli “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini, tuman axborot kutubxona markazi va mazkur ta'lim dargohining ilg’or o’qituvchilari hamkorligida o’tkazildi. O’quvchilar ikki hafta davomida tanlovning shartlariga tayyorgarlik ko’rdilar.

Tanlov g’oliblariga mahala raisi tomonidan bir martalik pul mablag’lari va eng faol ishtirokchilarga ham yangi kitoblar va tashakkurnomalar taqdim etildi. Bunday tadbirlar mazkur mahallada muntazam tashkil etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram