Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-02-11 16:04:49    61

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

        Diplom dublikati asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

        Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, o’rta maxsus va professional ta'lim to’g’risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma'muriy reglamentiga ko’ra:

         Ta'lim tashkilotini tamomlagan, ma'lumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi o’zgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.

         Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

         Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan so’rovnomani elektron to’ldiradi.

         Ariza beruvchi so’rovnomani YaIDXP orqali to’ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

        Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming so’m) miqdorida yig’im undiriladi.

        Yig’imni to’lamaslik xizmat ko’rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

        So’rovnomada noto’g’ri ma'lumotlar ko’rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

         So’rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

        Ariza beruvchi ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

         Ariza beruvchining xohishiga ko’ra, ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun to’lovlarni ariza beruvchi to’laydi.

                Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram