TUMANIMIZ HUDUDLARIDA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLARNI ANIQLASH VA HAL ETISH YUZASIDAN O’RGANISHLAR OLIB BORILYAPTI
2023-02-10 18:05:11 114
Tumanimiz hududlarida aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish yuzasidan o’rganishlar olib borilyapti
Aslida boriga qanoat, yo’g’iga sabr qilib yashash bizning mehnatkash xalqimizga xos. Azal-azaldan shukr qilib, shukrona bajo keltirib umrguzaronlik qilgan ota-bobolarimizdan bizga sabru qanoat, g’urur va oriyatdek insoniy fazilat meros bo’lib o’tib kelmoqda.
Biroq, inson borki, uning o’ziga xos dardu tashvishi va muammosi bor. Lekin biron bir muammo yoki kamchilik hal etilmasdan, bartaraf etilmasdan qolmagan. Buning uchun vaqt va muddat kerak. Vaqt va muddat esa, bizdan mana shu sabr va qanoatnigina talab etadi.
Ayni kunda tumanimiz miqyosida olib borilayotgan o’rganish ishlari fuqarolarimiz, aholimizni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni hal etish yo’li va chorasini topishga qaratilgan. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida G’aznov mahallasida olib borilgan o’rganish ishlari mana shu maqsadlarni o’zida mujassam etdi.
Tuman hokimi o’rinbosarlari, sektor ishchi guruhi a'zolari, mahalla fuqarolar yig’inlari “beshligi”, boshqa hamkor tashkilotlar vakillari bilan tashkil etilayotgan bunday o’rganishlarda muammo va kamchiliklar aniqlanmoqda, har bir xonadonga kirilib, oila a'zolari bilan yuzma yuz suhbat qilinmoqda, aniqlangan muammo yechimi bo’yicha choralar ko’rilib, pirovardida “bizda muammo yo’q, Xudoga shukr, hayotimiz farovon” deguvchilar manai shunday sharoitlarni yaratib bergan islohotchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.
Biroq, aytganimizdek, muammosiz insonning o’zi yo’q. Xalq manfaati, dardini uylaydigan insonlar ushbu o’rganishlarda mahalla ko’chasini asfalt qilish, elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash, ichki ko’chalar obodligiga e'tibor qaratish, ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga murojaat etishmoqda.
Biroq, biron bir muammo hal etilmasdan qolmagan, ba'zi birlari joyida hal etilayotgan bo’lsa, ba'zilarining bartaraf etishiga salgina muddat lozim. Nimaiki bo’lmasa har bir qilinayotgan ish va amal xalqimiz roziligini olishga qaratilgan.
G’aznov mahallasida ham ancha muncha muammolar hal qilindi, ba'zi birlari esa albatta o’z muddatida hal etiladi. Bu bo’yicha batafsilroq ma'lumotni ertaga diqqatingizga havola etadigan videolavhadan bilib olasiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram