SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-02-10 17:58:34 109
Savol bering, javob beramiz
Savol:
Xodim tug’ruq ta'tilidan qaytdi. Endi mehnat ta'tilidan foydalanib ushbu ta'til tugagandan sung bola parvarishlash ta'tiliga chiqmoqchi. Xodim tug’ruq ta'tilidan so’ng 1 soat xam ish joyida ishlamadi. Uning talabi to’g’rimi?
Javob:
Bu vaziyatda xodim haq. Mehnat kodeksining 143-moddasiga ko’ra, ta'til ayollarga - homiladorlik va tug’ish ta'tili oldidan yoki undan keyin ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan oldin berilishi mumkin. uning mehnat ta'tilini homiladorlik va tug’ish ta'tilidan so’ng Kodeksining 141-moddasi talablariga muvofiq holda - ta'til muddatini ishlangan vaqt (ya'ni homiladorlik va tug’ish ta'tilidan avvalgi ishlagan vaqti)ga mutanosib ravishda hisoblab chiqarib, mehnat ta'til beriladi va bu ta'tildan so’ng bolani parvarishlash ta'tiliga chiqariladi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram