Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIR DONA NASOS AGREGATI JAVPAYA KENGLIKLARIGA BIR SONIYADA 50 LITR YETKAZIB BERADI

×

 2023-02-10 14:50:19    65

PDF yuklash
Chop etish


Bir dona nasos agregati Javpaya kengliklariga bir soniyada 50 litr yetkazib beradi

Tumanimizda qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish, aholini tadbirkorlikka yo’naltirish, ishsiz fuqarolarimiz uchun daromad manbai yaratish, tumanda mahsulot ishlab chiqarish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Bunday ezgu maqsadlarni o’zida mujassam etgan xayrli amallar bugun ham o’zining mantiqiy davomini topmoqda.

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan tumanimizning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi Javpaya massivida bugun 400 gektar yer maydoni o’zlashtirilmoqda. Mazkur yer maydonida anor plantatsiyasi tashkil etiladi.

Asrlar osha bir tomchi suvga zor bo’lgan bu yerlarga bugun “obi hayot” kirib borish arafasida. Sohibkor mahallasi hududida qurilayotgan Javpaya suv nasos stantsiyasi orqali yaqin kunlarda bu maydonlar sug’oriladi. Ayni kunda mazkur inshootda oxirgi montaj va payvandlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur nasos stantsiyasining umumiy qiymati 18 milliard 100 million so’m bo’lib, yotqizilgan suv quvurlarining umumiy uzunligi salkam 7 kilometrni tashkil etadi. O’rnatilgan 4 dona nasos agregatining quvvati soniyasiga 50 litr, soatiga 180 metr kubni tashkil etadi. Javpayaga suvni yetkazib berish uchun nasos stantsiyasiga ikki dona 630 KvAli transformator o’rnatildi.

Pudratchi tashkilot “Xumo dom invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati mutasaddilarining ma'lumotiga ko’ra, kelayotgan haftada mazkur nasos stantsiyasida agregatlarning sinovi o’tkaziladi. Ishonchimiz qomilki, kelajakda Javpaya massivi tumanimizning yana bir tashrif qog’oziga aylanadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram