Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR ASOSIDA ISH OLIB BORILMOQDA

×

 2023-02-03 11:02:25    61

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida ish olib borilmoqda

        O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 31 yanvar kunidagi 6/5/33-148-sonli talabnomasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2023 yil 31 yanvar kunidagi 380-01/41-sonli axborot xabarnomasiga asosan, joriy yilning 1-3 yanvar kunlari O’zbekiston xududiga O’rta yer degizidan nam va nisbatan iliq xavo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Xabarnomada keltirishicha, 31 yanvar kunidan 3 fevralga qadar viloyatning ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s (54-72km/soat)gacha kuchayishi kutilmoqda.

        1-3 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yog’ingarchilik sababli viloyatning So’x, Shohimardon, Farg’ona va Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalarn yuzaga kelishi mumkinligi ko’rsatib o’tilgan.

        Shuning uchun, tumanimizda sel-suv toshqini bilan bog’liq sodir bo’lishi mumkin bulgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida tuman favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan barcha kuch va vositalarni jalb etgan holda tunu kun navbatchilik tashkil etilgan.

        So’x tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Jaloliddin Jalolovning so’zlariga ko’ra, ob-havoning o’zgarishi bilan bog’liq yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo’lganda zudlik bilan bartaraf etish maqsadida FVDT tasarrufidagi texnik vositalar, asbob-anjomlar va jihozlarning hamda tibbiyot muasassalaridagi qo’shimcha joylar, tibbiyot vositalari va dori-darmonlarning zaxirasini tashkil etilganligi, tez tibbiy yordam brigadalari, yig’ma mexanizatsiyalashgan otryadlarning shayligi, ularning yoqilg’i-moylash mahsulotlari bilan ta'minlanganligi o’rganib chiqilib, barcha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi nazoratga olingan.

        Tumanimizning tog’oldi va tog’li hududlarda soha vakillari va hokimiyat xodimlari ishtirokida o’rganishlar olib borilyapti. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hududlarga zaruriy texnika vositalarini jalb etish bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram