Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZ HUDUDIDA FUQAROLAR TASHKIL ETILAYOTGAN “ZIYO MASKANLARI”, BOOK-KAFE VA WI-FI ZONALARI IMKONIYATLARIDAN KENG FOYDALANISHMOQDA

×

 2022-12-14 15:37:56    105

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz hududida fuqarolar tashkil etilayotgan “Ziyo maskanlari”, book-kafe va wi-fi zonalari imkoniyatlaridan keng foydalanishmoqda

Aholi o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish va ayniqsa, yoshlarda kitobga bo’lgan zavqni yanada yuksaltirish maqsadida hududlarda viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda, ayniqsa, savdo nuqtalari, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, ijtimoiy soha ob'ektlarida tashkil etilayotgan “Ziyo maskanlari”, book-kafe va wi-fi zonalaridan fuqarolarimiz samarali foydalanishayotir.

Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi boshlig’i Gulshan Ibragimovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, ayn kunda tumanimizning sektorlar kesimida 29 ta shunday nuqtalar tashkil etilgan. Kun davomida ma'naniyat va ma'rifat markazi targ’ibotchilari ushbu yo’nalishda amaliy ishlarni bajarishmoqda.

Tumandagi 27 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi ob'ektlarda tashkil etilgan nuqtalarning soni qo’yidagicha:

1- sektor hududida 5 ta – 3 ta “Ziyo maskanlari”, 1 ta book-kafe va 1 ta wi-fi zonasi tashkil etilgan. 2-sektorda 16 ta (6 ta “Ziyo maskanlari”, 4 ta book-kafe va 6 ta wi-fi zonalari), 3-sektorda 6 ta (4 ta “Ziyo maskanlari”, 1 ta book-kafe va 1 ta wi-fi zonasi), 4-sektor hududida 2 ta – 1 ta book-kafe va 1 ta wi-fi zonasi tashkil etilgan. Bugun ushbu nuqtalar xizmatidan aholi samarali foydalanishmoqda.

Mutasaddilarning so’zlariga ko’ra, yil oxirigacha va yangi yildan boshlab barcha hududlarda shunday nuqtalar tashkil etiladi. Fuqarolarga internet tarmog’i orqali xizmat barobarida yangi badiiy adabiyotlar ham taqdim etilayotir va bu albatta, jamiyatda kitobxonlikni keng targ’ib qilishda asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram