QAL'ACHA MAHALLASINING ICHKI KO’CHALARIGA YANGI TRANSFORMATORLAR O’RNATILMOQDA
2022-12-14 15:35:44 122
Qal'acha mahallasining ichki ko’chalariga yangi transformatorlar o’rnatilmoqda
Bugungi kunda tumanimizning 1-sektori hududida joylashgan Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida salkam 3 000 nafar aholi istiqomat qiladi va o’tayotgan yilning shu kuniga qadar mahallada aholiga barcha jabhalarda qulayliklar yaratish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Mahalla fuqarolar yig’ini raisi Fayoziddin Tojiddinovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bu yili mahalla “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan va dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar aholining quvonchiga sabab bo’layotir.
Mahalla raisining aytishicha, bugun aholini qiynayotgan eng dolzarb muammo – elektr energiyasidagi muammolar bartaraf etilmoqda. Mahallaning ichki ko’chalarida ham ushbu muammoni bartaraf etish ishlari davlatimiz rahbari tomonidan e'tibor doirasida amalga oshirilyapti.
- O’tgan yili mahallamizning “Mehnatkash” ko’chasiga yangi transformator o’rnatilgan edi. Bu yili mahallamizning “Qal'acha 1” va “Yangi obod” ko’chalariga ham ushbu dastgoh o’rnatildi. Tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan yangi o’rnatilgan temir beton tayanyalarga sip kabelar tortish ishlari ham jadallik bilan olib borilyapti. Yil oxirigacha mahallamizdagi elektrga bo’lgan talab qariyb to’liq qondirilishi va sohadagi muammolarning bartaraf etilishidan xalqimiz mamnun va minnatdor, - deydi mahalla raisi Fayoziddin Tojiddinov.
Eslatib o’tamiz, Qal'acha va Chashma mahallalarida “Obod qishloq” dasturi asosida 5,3 kilometr tarmoq tortish va 4 dona transformator o’rnatish belgilangan. Jumladan, dastur asosida shu kungacha Qalacha mahalla fuqarolar yig’ini hududiga 131 ta temirbeton tayanchlar o’rnatildi va 1 643 kilometr masofaga tarmoq tortildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram