Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MAHALALLARIDA AHOLI INTERNET TARMOG’IDAN WI-FI ORQALI KENG FOYDALANISHMOQDA

×

 2022-12-13 15:11:54    53

PDF yuklash
Chop etish


Tuman mahalallarida aholi internet tarmog’idan wi-fi orqali keng foydalanishmoqda

Davlatimiz rahbari e'tibori tufayli tumanimizda har bir jabhada ulkan o’zgarish va yangilanishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar e'tirofga loyiq. Berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish va internet tarmog’ini modernizatsiya qilish tufayli bugun tumanimiz fuqarolari yuqori tezlikdagi internet tarmog’idan foydalanishayotir. Bugun So’xlik fuqarolar dunyo bilan muloqot qilishmoqda.

Sohani yanada rivojlantirish va har bir xonadonga sifatli aloqa vositasini yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kungacha davom etyapti. Soha mutasaddilarining bizga bergan ma'lumotlariga ko’ra, shu kunlarda tumanimizning mahallalari kesimida ko’p ishlar qilindi.

Jumladan, o’tgan hafta davomida jismoniy abonetlarga GPON texnologiyalardan 8 nafar abonentlarga internet xizmati ulab berildi. Undan tashqari 1-ta VDSL internet tarmog’i ulanib, fa'ollashtirib berildi.

So’x tumani Mulgon  mahalla fuqarolar yig’inida 1-dona ¼-1/8 spliter o’rnatilib, 550 metr optik tolali aloqa kabellari tortildi va 8 nafar abonentlarga internet xizmati ulab berildi.

Saribozorcha   mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham optik tolali kabel tortildi va  8 nafar abonentlarga internet xizmati ulab berildi.

Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inidan nosoz telfonlar muammosini bartaraf etishga oid qilingan murojaat manzilli o’rganildi va aholiga telefon xizmati ulanib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram