LENBURGDA ICHIMLIK SUVI TA'MINOTI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
2022-12-13 15:10:16 162
Lenburgda ichimlik suvi ta'minoti muammosi hal etilmoqda
O’tayotgan yil davomida tumanimizning Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Mahalla raisi G’ayratjon Ne'matovning ma'lumotiga ko’ra, bu yili mahallada ayni shu yo’nalishda amaliy ishlar qilindi. Bajarilgan ishlar natijasi o’laroq, mahallada 13 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog’i tortildi. Agarda suv inshooti o’rnatish ishlari oxiriga yetkazilsa, mahalaldagi 90 foiz aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
Buning uchun mahallaga 25 kub metr sig’imidagi tsisterna olib kelindi va tashkil etilgan hashar orqali ushbu uskuna belgilangan joyga o’rnatildi. Hozirda ushbu suv inshootini suv bilan to’ldirish maqsadida tsisterna o’rnatilgan hududda hashar yo’li bilan quvurlar yotqizish ishlari olib borilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram