Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLIY, O’RTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA'LIM TO’G’RISIDAGI HUJJATLARNING DUBLIKATINI BERISH BO’YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO’RSATISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

×

 2022-12-13 15:07:13    142

PDF yuklash
Chop etish


Oliy, o’rta maxsus va professional ta'lim to’g’risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki YIDXPda ro’yxatdan o’tadi.

 Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi so’rovnomani elektron tarzda to’ldiradi.

 Ariza beruvchi so’rovnomani YIDXP orqali to’ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Davlat xizmati ko’rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi va yig’im to’langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, to’lov summasining 90 foizi miqdoridagi mablag’ undiriladi.

Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar va professional ta'lim olganlik to’g’risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar hamda uning dublikati bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.

Davlat xizmatlari ko’rsatish uchun yig’imni to’lamaslik davlat xizmati ko’rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Agar so’rovnomada noto’g’ri ma'lumotlar ko’rsatilgan bo’lsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini ko’rsatishni to’xtatib turish to’g’risidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmati ko’rsatilishi muddatining o’tishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida to’xtatib turiladi.

Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati ko’rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Davlat xizmatlari ko’rsatishni boshqa asoslar bo’yicha rad etish taqiqlanadi.

Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko’rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so’rovnomasi ko’rmasdan qoldiriladi. Bunda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi.

 Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so’rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to’ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so’ng so’rovnoma 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — so’rovnoma avtomatik tarzda tegishliligi bo’yicha vakolatli organga yuboriladi.

Vakolatli organ so’rovnoma tushgan vaqtdan boshlab o’n ish kuni mobaynida tegishli ta'lim muassasalari hamda Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida oliy, o’rta maxsus va professional ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikatini o’z imzosi va muhri bilan rasmiylashtiradi hamda bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Ariza beruvchi ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

Ariza beruvchining xohishiga ko’ra, ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.

Bunda vakolatli organ davlat xizmati natijasi tayyor bo’lganligi haqida “O’zbekiston pochtasi” AJni elektron tizim orqali xabardor qilgandan so’ng “O’zbekiston pochtasi” AJ ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikatini vakolatli organ manzilidan ariza beruvchining manziliga besh ish kuni mobaynida yetkazib beradi.

Pochta aloqasi orqali yetkazilgan davlat xizmatlarining natijasi uchun amalga oshiriladigan to’lovlar ariza beruvchi tomonidan qoplanadi.

Ariza beruvchi ta'lim olganlik to’g’risidagi hujjat dublikatini rasmiylashtirishda xatoliklar mavjudligini aniqlaganda, ilgari yuborilgan ariza raqamini ko’rsatgan holda takroriy ariza yuborish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Bunda ariza beruvchi o’n besh ish kuni ichida yig’im to’lamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan murojaat etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizani ko’rib chiqishi shart.

Oliy, o’rta maxsus va professional ta'lim to’g’risidagi hujjatlar bo’yicha ma'lumotlarni arxivdan olish zarurati yuzaga kelgan hollarda davlat arxivlari besh ish kuni mobaynida belgilangan tartibda arxiv hujjatlari to’g’risidagi ma'lumotlarni vakolatli organga bepul taqdim etadi. Bunda ta'lim to’g’risidagi hujjatni berish muddatiga qo’shimcha ravishda yana besh ish kuni qo’shiladi.

Dublikat berish bo’yicha asosli arxiv hujjatlari mavjud bo’lmagan taqdirda, tegishli hujjatni berish rad etiladi.

Mamurjon Raximjonovich Hayoyev - So’x tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram