Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA NIMA GAPLAR?

×

 2022-12-12 16:50:19    61

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida nima gaplar?

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 1-sektordagi mahalallarda bo’lib, ushbu hududda olib borilayotgan obodonlashtrishi ishlarni ko’zdan kechirdi. Aytish lozimki, o’tayotgan yilning shu kunigacha sektor hududida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi va ushbu ishlar bugun o’zining mantiqiy davomini topmoqda.

Tuman hokimi dastavval Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 51-sonli Tul oilaviy shifokorlik punktida bo’lib, bu yerda muassasaning mutasaddilari va xodimlari bilan uchrashdi. OShP ma'muriyati va rahbariyati bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, fa'oliyat olib borayotgan patronajlar amaliyoti va aholiga tibbbiy xizmat ko’rsatish darajasi muhokama etildi.

Aytish lozimki, Sohibkor mahallasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining barchasi davlatimiz rahbari e'tibori asosida bajarilyapti. Mahallaning “Obod” ko’chasida tumanimizning “Xushbaxti So’hrobzod” xususiy firmasi tomonidan betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi mahalla ahli bilan uchrashib, ishlar sifatini nazoratga olishda jamoatchilik bevosita ishtirok etishini ta'kidladi. Mazkur ko’chada ichimlik suvi tarmog’ini tortish ishlari ham oxiriga yetkazilgan.

Mahalla qabristonida hashar yo’li bilan yangi shiypon barpo etilmoqda. Tuman hokimi mazkur qadamjoda bo’lib, mahalla tashabbusini qo’llab-quvvatladi va bu ishga bosh bo’lgan tashkilotchilarga minatdorlik bildirdi.    

Ayni kundagi asosiy masala ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va isitish tizimini barqaror ishlashini ta'minlashga qaratilgan. Mahaladagi 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabidagi isitish tizimini ko’zdan kechirgan tuman hokimi mutasaddilarga uning barqaror ishlashini doimiy nazoratga olish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Maktabning 6-sinf o’quvchilari bilan uchrashgan tuman hokimi ularga bir soat dars o’tdi va o’quvchilarning bilim darajasi tuman hokimi imtihonidan o’tkazildi. Tashrif davomida tuman hokimi maktabda faoliyat olib borayotgan sport to’garagi fa'olyatini ko’zdan kechirib, shaxmat va shashka turi bo’yicha maktabning fa'ol yosh sportchilari bilan bellashdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram