Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARISH VA YANGILIKLAR

×

 2022-12-12 15:01:15    122

PDF yuklash
Chop etish


Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga kiritilgan o’zgarish va yangiliklar

285-modda. Kompensatsiya to’lovlari tushunchasi Mehnat to’g’risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bog’liq xarajatlarning o’rnini qoplash maqsadida belgilangan pul to’lovlari kompensatsiya to’lovlaridir.

286-modda. Ish beruvchining xodimga kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish majburiyati ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o’z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog’liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo’lganda;

sayyor va ko’chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko’ra boshqa joydagi ishga ko’chib o’tganda;

ish beruvchining yo’llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o’tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko’rikdan o’tganligi munosabati bilan;

xodim ushbu Kodeks 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat ta'tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kompensatsiya to’lovlaridan tashqari ish beruvchi xodimlarga mehnat to’g’risidagi qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirishi shart.

287-modda. Xizmat safarlari chog’idagi kompensatsiya to’lovlari xizmat safari xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig’ini bajarish uchun boshqa joyga ma'lum muddatga qiladigan safaridir. Doimiy ishi ko’chib yurish yoki sayyor xususiyatga ega bo’lgan xodimlarning xizmat safarlariga chiqishi xizmat safarlari hisoblanmaydi.

Xizmat safariga yuborilgan taqdirda ish beruvchi xodimga quyidagilarni qoplashi shart:

yo’lkira xarajatlari;

turar joy ijarasi xarajatlari;

doimiy yashash joyidan tashqarida yashash bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar (sutkalik);

xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.

Xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlarning o’rnini qoplash miqdorlari jamoa shartnomasi yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjat bilan belgilanadi. Bunda xarajatlar o’rnini qoplash miqdori byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlardan kam bo’lishi mumkin emas.

O’ktamjon Ergashev - So’x tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish

                                     markazi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram