YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI AMALIY TADBIRLAR ORQALI DAVOM ETYAPTI
2022-12-07 17:50:53 133
Yong’in xavfsizligi oyligi amaliy tadbirlar orqali davom etyapti
Barchamizga ma'lumki, Respublikamiz hududida joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabriga qadar "Yong’in xavfsizligi oyligi" o’tkaziladi. Mazkur oylik doirasida So’x tumanida ham turli tadbirlar o’tkazilmoqda.
So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, mazkur oylik doirasida tuman halq ta'limi bo’limiga qarashli 10-sonli umumta'lim maktabida tadbir o’tkazildi. O’tkazilgan tadbirda o’quvchilar, ishchi-xodimlarga is gazi va havo-gaz aralashmasi chaqnashi, botulizm kasalligi va uning oqibatlari haqida misollar orqali tushuntirildi.
Mazkur tadbir davomida OP-5 yong’in o’chirgichdan foydalanish usullari o’rgatildi. Tadbir davomida texnik namoyishlar orqali yong’inga qarshi kurash usullari bo’yicha ma'lumotlar berilib, mavzu yuzasidan barcha tadbir ishtirokchilariga buklet va eslatmalar tarqatildi.
- Mazkur tadbirlarning o’tkazilishidan asosiy maqsad kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, aholining keng qatlamiga yong’in havfsizligi bo’yicha ma'lumotlar yetkazish, ayniqsa, amaliy mashqlar va namoyishlar orqali yoshlarda mavzu bo’yicha ma'lumotlarni shakllantirish, to’g’ri ovqatlanish usullarini yetkazish va albatta qo’lbola tayyorlangan mahsulotlardan foydalanmaslik hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan. Bunday tadbir va uchrashuvlar tumanimizning barcha hududlarida o’tkaziladi, - deydi So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram