Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"ZO’RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN" AKTSIYASI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-12-07 15:38:35    132

PDF yuklash
Chop etish


"Zo’ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi davom etmoqda

So’x tumanida sektorlar kesimida “Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusi ostida davra suhbatlari tashkil etilib, o’tkazib borilmoqda. Ushbu davra suhbatlariga tazyiq va zo’ravonlikdan jabr ko’rgan, ajralish yoqasiga kelib qolgan xotin-qizlar jalb etilib, ularga oila jamiyatning asosiy yacheykasi bo’lgani holda muqaddas dargohligi, jamiyatda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalovchi qonunlar qabul qilinib, tatbiq etilayotganligi, ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar va yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar yuzasidan suhbatlashib, mahalla fuqarolar yig’inlari xotin-qizlar faollariga tegishli topshiriqlar berilayotir.

Shuningdek, tadbirlar jarayonida xotin-qizlarni xar tomonlama qo’llab quvvatlash, ularni tazyiq va zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoyalash ko’rsatilgan va asosiy tushunchalar berilgan targ’ibot bukletlari tarqatilmoqda. Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida binosida "Zo’ravonlikka qarshi 16 kun" kampaniyasi doirasida va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbati davomida Bosh Qomusimizning qabul qilinishi, kiritilgan o’zgartirishlar, zo’rlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash xaqida tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma'lumotlar berildi. Tadbirda fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi Sh. Abdullayev, tuman xotin qizlar bo’limi va tuman ichki ishlar bo’limi JXX HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonova hamkorligida targ’ibot ishlari olib borildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram