JSHSHIR HAQIDA
2022-11-26 16:34:10 309
JShShIR haqida
Shaxsiy identifikatsiya raqami O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo’lib turgan yoki o’z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga (keyingi o’rinlarda — talabgorlar) beriladi. Shaxsiy identifikatsiya raqami berilganligi uchun to’lov undirilmaydi.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berilganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
chet davlat fuqarosiga O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo’lib turganda yoki o’z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
fuqaroligi bo’lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda, shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
chet davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, ularning farzandlari, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini berish;
jismoniy shaxsning elektron talabnomasini shakllantirish.
Mazkur Reglament O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (keyingi o’rinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) aniqlash va berish tartibini belgilaydi.
Vakolatli organ — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi o’rinda — Davlat personallashtirish markazi);
Ma'lumotlarni to’plash punkti — shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxsning biografik ma'lumotlari va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu ma'lumotlarni Davlat personallashtirish markaziga yuborish hamda shakllantirilgan tayyor shaxsiy identifikatsiya raqamini berish vazifasini bajaruvchi ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari, davlat xizmatlari markazlari, FHDYo organlari, O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
Manba - Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 177-son qarori
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram