Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2022-11-26 16:33:06    89

PDF yuklash
Chop etish


“Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi

Yoshlar o’rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni kengroq o’tkazish, madaniy tadbirlarga kengroq jalb etish ularning dunyoqarashi va maa'naviyatining yuksalishiga albatta xizmat qiladi. Aytish lozimki, ushbu yo’nalishda So’x tumanida turli tadbir va uchrashuvlar o’tkazilmoqda.  

Bugun So’x tuman kasb-hunar maktabida bo’lib o’tgan navbatdagi ochiq muloqot "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida o’tkazildi. Unda So’x tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosari Ilhom Abdumajidov, So’x tuman ma'naviyat-targ’ibot bo’limi boshlig’i Gulshan Ibragimov, Din ishlari qo’mitasining So’x tuman vakili Tojiboy Dodoboyev, "Tojmahal" masjidi imom-xatibi Mujibali Atayev, tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur ochiq muloqotda yoshlarni dunyoviy va diniy bilimlarini to’g’ri shakllantirish, ularni kasbga yo’naltirish, bo’sh vaqtlarida kitob mutolaasiga jalb qilish masalari yuzasidan suhbat olib borildi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar ham o’z navbatida qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan javoblar oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram