DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI VAKILLARI VA HOKIM YORDAMCHILARI HAMKORLIGI TAHLIL ETILDI
2022-11-26 16:29:25 139
Davlat soliq inspektsiyasi vakillari va hokim yordamchilari hamkorligi tahlil etildi
Barchamizga ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Qonuni asosida So’x tumani aholisi uchun ko’pgina soliq imtiyozlari berilgan. Albatta, bu tumanda fa'oliyat olib boradigan barcha tadbirkorlar uchun katta e'tibor natijasidir. Berilgan imtiyozlar bugun xalqimiz farovonligi va yurtimiz obodligiga xizmat qilmoqda. Mazkur masalaga bag’ishlab tuman hokimligida tadbir bo’lib o’tdi.
Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev va So’x tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon Turaboyevlar boshchiligida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda iqtisodiy kompleks tarkibidagi idoralar rahbarlari hamda tumandagi mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari ishtiroki etdilar. Mazkur tadbirda noyabr-dekabr oylari uchun byudjetga belgilab berilgan reja ko’rsatgichlarini muvaffaqiyatli bajarish maqsadida byudjet tushumlarini ko’paytirish, soliq qarzlarini kamaytirish hamda qo’shimcha manbalarni aniqlash bo’yicha fikrlar bildirildi.
Tuman hokimi birbnchi o’rinbosari o’z so’zida tadbir ishtirokichlariga tumanda ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlarni tahlil etib, hududlardagi hokim yordamchilari va soliq idorasi xodimlarining mustahkam hamkorligi tufayli kerakli natijalarga erishilishini ta'kidladi. Tuman davlat soliq inspektsiyai boshlig’i Farid Turaboyev ham o’z navbatida bugun barcha sa'y-harkatlar soha xodimlari oldiga qo’yilgan ko’rsatma va topshiriqlarni bajarish va yilni yuqori ko’rsatgichlar bilan bajarishga yo’naltirilganini qayd etdi. Tadbir davvomida sohada yuqori ko’rsatgichilarga erishish uchun omil bo’ladigan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo’yicha tegishli vazifa va ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram