“YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA
2022-11-19 15:30:03 399
“Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbirlar o’tkazilmoqda
Respublikamiz hududida “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotgani kabi bizning tumanimizda ham ushbu yo’nalishda targ’ibot-tashviqot ishlari avj olgan. Tumanimizning barcha hududlarida – mahalla fuqarolar yig’inlari va korxona-tashkilotlarda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish va o’tkazilayotgan oylik doirasida keng qamrovli tadbirlar o’tkazilyapti.
So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari va mas'ul xizmat xodimlari bilan birgalikda "Yong’in xafsizligi oyligi" munosabati bilan Devayron mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 9208-harbiy qismida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga yong’in xavsizligiga oid jarayonlar amaliy mashqlar orqali bajarilib ko’rsatildi, yong’in chiqqanda harakatlanish va mazkur holatda jabr ko’rganlarga yordam berish amaliyotlari texnik namoyish orqali ko’rsatib berildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi bilan bog’lik chaqnash, uy sharoitida tayyorlangan kanservali oziq-ovqat mahsulotlaridan botulizm kasalligi kelib chiqish sabablari va oldini olish bo’yicha tushintirishlar olib borildi. Bunday tadbirlar oylik doirasida tumanimizning barcha joylarida targ’ibot va tashviqot ishlari tarzida muntazam olib boriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram