Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2022-11-19 15:30:03    262

PDF yuklash
Chop etish


“Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbirlar o’tkazilmoqda

Respublikamiz hududida “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotgani kabi bizning tumanimizda ham ushbu yo’nalishda targ’ibot-tashviqot ishlari avj olgan. Tumanimizning barcha hududlarida – mahalla fuqarolar yig’inlari va korxona-tashkilotlarda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish va o’tkazilayotgan oylik doirasida keng qamrovli tadbirlar o’tkazilyapti.

So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari va mas'ul xizmat xodimlari bilan birgalikda "Yong’in xafsizligi oyligi" munosabati bilan Devayron mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 9208-harbiy qismida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga yong’in xavsizligiga oid jarayonlar amaliy mashqlar orqali bajarilib ko’rsatildi, yong’in chiqqanda harakatlanish va mazkur holatda jabr ko’rganlarga yordam berish amaliyotlari texnik namoyish orqali ko’rsatib berildi.

Shu bilan birga, tadbir davomida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi bilan bog’lik chaqnash, uy sharoitida tayyorlangan kanservali oziq-ovqat mahsulotlaridan botulizm kasalligi kelib chiqish sabablari va oldini olish bo’yicha tushintirishlar olib borildi. Bunday tadbirlar oylik doirasida tumanimizning barcha joylarida targ’ibot va tashviqot ishlari tarzida muntazam olib boriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram