TAKRORIY EKIN – KONI FOYIDA
2022-11-05 16:45:07 114
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg’or va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, tabiat in'om etgan munosib sharoitlarni to’g’ri ishlatish ham aholi dasturxonini to’kin-sochin bo’lishiga, eng asosiysi bobodehqon manfaatdorligini oshirishiga xizmat qiladi. Pursaxovat zaminimizda harakat bilan mehnat qilsangiz, barakotini beraveradi.
Ko’rib turganingiz, ushbu manzara tumanimizning 1-sektori hududidagi Qal'acha mahallasida tasvirga tushirilgan. Mana ikki-uch yildirki, ushbu sektor mirishkorlari g’alladan bo’shagan yerlarga takroriy ekin ekib, munosiba daromad olishga muvaffaq bo’lishayotir.
Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini raisi Fayoziddin Tojiddinovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bu yili barcha “Ozod” shirkat xo’jaligi ijarachilari g’alladan bo’shagan yerlarga takroriy ekinlarni ekishgan. 10 sotix yerga sovzi ekkan shirkat ijarachisi Abdinaim Toshmatov o’z ehtiyoji uchun yetarli miqdorda ushbu ziroatni zaxira qilib, mahsulotining ortgan qismini bozorga olib chiqib, sotish niyatida.
- O’tgan yili ham takroriy ekin sifatida sovzi ekkan edik. Salkam 6 tonna mahsulot yetishtirib oldik. Olgan daromadimizni yaxshi niyat bilan oila va ro’zg’orimizga sarflayapmiz. Bu yilgi hosildan ham niyatimiz katta, - deydi Abdinaim-aka.
Darhaqiqat, harakat qilgan insonga hayot o’zi barakotini beraveradi. Buning uchun berilgan sharoitlardan to’g’ri va unumli foydalanish lozimligi talab etiladi xolos.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram