Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TAKRORIY EKIN – KONI FOYIDA

×

 2022-11-05 16:45:07    60

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg’or va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, tabiat in'om etgan munosib sharoitlarni to’g’ri ishlatish ham aholi dasturxonini to’kin-sochin bo’lishiga, eng asosiysi bobodehqon manfaatdorligini oshirishiga xizmat qiladi. Pursaxovat zaminimizda harakat bilan mehnat qilsangiz, barakotini beraveradi.

Ko’rib turganingiz, ushbu manzara tumanimizning 1-sektori hududidagi Qal'acha mahallasida tasvirga tushirilgan. Mana ikki-uch yildirki, ushbu sektor mirishkorlari g’alladan bo’shagan yerlarga takroriy ekin ekib, munosiba daromad olishga muvaffaq bo’lishayotir.

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini raisi Fayoziddin Tojiddinovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bu yili barcha “Ozod” shirkat xo’jaligi ijarachilari g’alladan bo’shagan yerlarga takroriy ekinlarni ekishgan. 10 sotix yerga sovzi ekkan shirkat ijarachisi Abdinaim Toshmatov o’z ehtiyoji uchun yetarli miqdorda ushbu ziroatni zaxira qilib, mahsulotining ortgan qismini bozorga olib chiqib, sotish niyatida.

- O’tgan yili ham takroriy ekin sifatida sovzi ekkan edik. Salkam 6 tonna mahsulot yetishtirib oldik. Olgan daromadimizni yaxshi niyat bilan oila va ro’zg’orimizga sarflayapmiz. Bu yilgi hosildan ham niyatimiz katta, - deydi Abdinaim-aka.

Darhaqiqat, harakat qilgan insonga hayot o’zi barakotini beraveradi. Buning uchun berilgan sharoitlardan to’g’ri va unumli foydalanish lozimligi talab etiladi xolos.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram