Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA KURASH MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-28 18:23:22    76

PDF yuklash
Chop etish


Bugun So’x tumani sektorlar o’rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport tadbirlaridan biri kurash sport musobaqasining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Maydonga g’olib bo’lish uchun kelgan yosh kurashchilar o’zaro bellashdilar.

O’zbekiston Yoshlar ishlar Agengtligi So’x tuman Kengashi boshlig’i Isojon Mastonovning so’zlariga ko’ra, ushbu yo’nalishdagi musobaqalar eng iqtidorli yoshlarni aniqlab bermoqda. Barcha yo’nalishlardagi musobaqalarda tuman bosqichi oxiriga yetib viloyat bosqichi ishtirokchilari nomi aniqlanayotir.    

- Sektor bosqichida g’olib bo’lgan ishtirokchilar bugun musobaqaning tuman bosqichida qatnashdilar, ular orasidan esa eng munosiblari saralanib, viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. Endilikda bu g’oliblar viloyat miqyosida tuman sha'nini munosib himoya qilishadi, - deydi Isojon Mastonov.

Hakamlar hayati tomonidan barcha bellashuvlar adolat mezoni asosida baholandi.  Musobaqa so’ngida g’oliblar Yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram