Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TABIIY OFATDAN EHTIYOT BO’LING, OGOHLIKNI KUCHAYTIRING!

×

 2022-10-28 17:53:01    55

PDF yuklash
Chop etish


        Seryog’in kelgan oxirgi ikki kun tumanimizning tog’li hududlarida yashaydigan aholi va fuqarolarga ayniqsa, ayrim noqulayliklarni yuzaga keltirdi. Ba'zi hududlarda yuzaga kelgan suv toshqini va tog’ yon bag’ridagi ko’chkilar vaqtida belgilangan chora-tadbirlar tufayli bartaraf etilayotir.

        Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenovning bizga bergan xabariga ko’ra, bugun Malbut qishlog’ida tog’ ko’chkisi yuzaga kelgan va mazkur holatni bartaraf etishga qaratilgan choralar tufayli mazkur hududda tozalash ishlari olib borilmoqda. Ko’chalarga tushgan shag’allarni tozalash uchun maxsus shtab ish olib bormoqda va buning uchun zaruriy texnikalar safarbar etilgan. Eng asosiysi, yuzaga kelgan tabiiy ofat aholi va fuqarolarga zarar yetkazmagan.

        So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi tezkor xodimlari tomonidan bizga taqdim etilgan ma'lumotda yog’ilgan kuchli yomg’ir Markaz - Devayron yo’nalishidagi naqliyot vositalari harakatlanadigan magistral yo’lga ham qisman zarar yetkazgan. Ayni vaqtda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilib, yetkazgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda.

        So’x tumani hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning so’zlariga ko’ra, yog’ingarchilik oqibatida yetkazilgan zarar oqibatlari bartaraf etiladi. Shuning barobarida, barcha naqliyot vositalari egalariga yog’ingarchilik paytida ogohlikni kuchaytirgan holda harakat qilishlari so’raladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram