SO’XLIK 94 NAFAR YOSHLARNING MUROJAATLARI IJOBIY XAL ETILDI
2022-10-28 17:50:53 133
Respublikamizda yoshlarni, ayniqsa “Yoshlar daftari”da bo’lgan fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni munosib rag’batlantirish yo’nalishida keng ko’lamli xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbir ayni shu masalaga bag’ishlandi. Tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani vakillari imshtirok etgan mazkur tadbirga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ularning yaqinlari taklif etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7-iyun kungi “Yoshlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vasiylik Kengashining 2022 yil 5 oktyabr kungi 22-sonli yig’ilish bayoniga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oila farzandlari, boquvchisini yo’qotgan va nogironligi bor “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 39 nafar yoshlarga 131 million 400 ming so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi.
Shuningdek “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 55 nafar yoshlarga zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini o’rganishi va ularni xorijiy tillarga o’qitish uchun 6 oylik o’quv xarajatlarni qoplash maqsadida 102 mln so’mlik mablag’ ajratilishi belgilandi. Shundan IT-yo’nalishida 9 nafar va xorijiy til yo’nalishida (ingliz tili) 46 nafarni tashkil etadi.
Barcha ruyixatga kiritilgan yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarni mamnunlik bilan yoshlarimiz tuman sektor rahbarlari qo’lidan qabul qilib oldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram