KO’CHAT EKISH DOLZARB 40 KUNLIGI 1-SEKTOR HUDUDIDA
2022-10-25 17:04:47 110
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Yurtboshimiz tomonlaridan o’tkazilgan videoselektorda “Yashil makon” umummilliy loyihasining borishi ham ko’rib chiqilgan edi.
“Yashil makon” doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023 yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko’chatlar ekish vazifasi qo’yildi.
O’tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko’chat ekish bo’yicha dolzarb 40 kunlik e'lon qilinishi belgilandi.
“Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”, dedi Prezident.
So’x tumanida ham ushbu dolzarb 40 kunlik doirasida mahallalar hududida keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Hududlarni “yashil makon”ga aylantirish uchun mahallalar mutasaddilari astoydil harakatga kirishgan.
Tumanimizning 1-sektori hududida ishlar ayniqsa qizg’in kechmoqda. Sohibkor mahallasi raisi tashabbusi bilan “yashil makon” uchun 0,06 gektar yer maydoni tayyorlanib, birinchi kuni 650 dona terak qalamchalari o’tqazildi.
Devayron mahalla fuqarolar yig’inida ham bu ishga mahalla mutasaddilari bel bog’lashgan. Devayron mahallasida ham qilingan harakatlar tufayli birinchi 500 dona terak qalamchalari zaminga qadaldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram