Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLASINING VOLEYBOL JAMOASI TUMAN BOSQICHI G’OLIBI

×

 2022-10-25 16:56:32    64

PDF yuklash
Chop etish


“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida o’tkazilayotgan musobaqalar bizga yangi iqtidorlar nomini tanishtirmoqda. Tuman bosqichini oxiriga yetkazib, viloyat bosqichiga yo’llanma olayotgan jamoa va sportchilarning ham nomi aniq bo’layotir.

Voleybol bo’yicha ikkinchi sektor jamaolari o’rtasida bo’lib o’tgan bellashuvlar ham o’ta qizg’in va murosasiz kechdi. Natijada eng faol jamoa va albatta, tuman hududidagi g’olib komanda nomi ham aniq bo’ldi.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini voleybolchi yoshlari barcha tengdoshlaridan ustun ekanliklarini musobaqalar jarayonida isbot etishdi. G’oliblikni qo’lga kiritgan jamoaga esdalik va qimmatbaho sovg’alar, musobaqa tashkilotchilarining diplomlari ham taqdim etildi.

- Tashkil etib o’tkazilayotgan barcha musobaqalar yoshlarimizga o’ziga xos motivatsiya bermoqda. Bugun yoshlarimizning shashti baland va bu ishtiyoq ularni yangidan yangi marralarni zabt etishga chorlayapti, - deydi tuman hokimi o’rinbosari Ilhom Abdumajidov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram