Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

4-SEKTOR MAHALALARIDA HAM KENG KO’LAMLI OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILYAPTI

×

 2022-10-22 18:32:27    125

PDF yuklash
Chop etish


Ta'kidlaganimizdek, bugun tumanimizning 3 va 4-sektorlari hududidagi mahallalarda ham ichki ko’chalarni asfaltlashtirish va betonlashtirish ishlari olib borilyapti. Bunday mahallalar bugun berilayotgan e'tibor tufayli yanada obod va ko’rkam bo’layotir.

4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbari Faridjon To’raboyevning so’zlariga ko’ra, bugun mazkur sektorning Chumoqcha va Zangat mahallalarida keng ko’lalmi obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Chumoqcha mahallasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 435-sonli qarori asosida ichki ko’chalarga beton qoplamasi yotqizilmoqda.

Zangat mahalla fuqarolar yig’inida ham bugungi kunda dastur asosida 5 kilometr masofadagi yo’llar asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan bo’lib, bugungi kungacha qariyb 4 kilometr masofaga asfalt qoplamasi yotqizib bo’lindi. Mazkur ishlar bevosita jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Sektor rahbari, mahalla raisi, mahalladan saylangan deputat ham har doim mazkur ishlar jarayonini o’z nazoratiga olganlar. Chumoqcha mahallasida ham bugun betonlashtirish ishlari qariyb oxiriga yetkazildi. Mazkur mahallaning 900 metr ichki ko’chasida betonlashtirish ishlari olib borilyapti va yo’lsozlar bu mahallada ham bugun erta boshlangan ishlarini oxiriga yetkazish arafasidalar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram