Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ZAKOVAT”CHILARNING SEKTOR BOSQICHI G’OLIBI ANIQLANDI

×

 2022-10-22 18:30:20    93

PDF yuklash
Chop etish


Hududlarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o’tkazilayotgan tadbirlar va sport musobaqalari tumanimizning eng bilimli va iqtidorli yoshlarni tanlab olish va saralab olishda katta ahamiyatga ega tadbirga aylanib ulgurdi. Ushbu tadbirlarda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritayotgan yoshlar Respublika bosqichigacha chiqish imkoniyatiga egalar.

Bugun 1-sektorning G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan tadbir eng bilimli yoshlarni jalb etdi. Mazkur mahallada “Zakovat” intellektual uyining sektor bosqichi bo’lib o’tdi.

1-sektorning har bir mahallasidan tashrif buyurgan jamoalar g’olib bo’lish uchun o’zaro bellashdilar. Yosh iqtidorlar bilim darajasi hakamlar hayati tomonidan imtihondan o’tkazildi.

Qizg’in va murosasiz kechgan bahslarda birinchi o’rin Sohibkor, ikkinchi o’rin G’aznov va 3-o’rin Qal'acha mahalla yoshlariga nasib etdi. Endilikda sektor bosqichidagi zafar quchgan jamoalar tuman bosqichida ro’para keladilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram