“TASHABBUSLI BYUDJET” MABLAG’LARI XALQIMIZ MANFAATIGA YO’NALTIRILMOQDA
2022-10-22 18:28:30 119
Davlatimiz rahbari va bevosita O’zbekiston Respublikasi hukumatining e'tibori doirasida tumanimizda keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilayotir. Bu ishlarning barchasi fuqarolarimiz manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar natijasi o’laroq, halqimizni qiynayotgan muammo va kamchiliklar ham bosqichma bosqich o’z yechimini topmoqda. Mahalallardagi ko’chalar va ichki yo’llarni asfaltlashtirish va betonlashtirish ishlari ham berilayotgan ushbu e'tibor samarasidir.
Ayni kunda tumanimizning 3 va 4-sektori hududida, ayniqsa, Sebzor, Chumoqcha va Zangat mahalla fuqarolar yig’inlarida ichki ko’chalarni betonlashtirish va asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ma'lumotiga ko’ra, o’tayotgan yilning shu muddati davomida sektor hududida qariyb 10 kilometr yo’llar ta'mirlandi. Kuni kecha Sebzor mahallasining “Matonat” ko’chasi ham to’liq asfaltlashtirib, Sebzorliklarga taqdim etildi.
Taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar mahalla ahlini ushbu sana bilan tabrikladilar. Sebzorliklar ham o’z navbatida, berilayotgan e'tibor tufayli samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Shuni aytish o’rinliki, bugun “Tashabbusli byudjet” mablag’lari orqali hududlarimiz yanada obod go’shaga aylanmoqda. Sebzor mahallasidagi 3 kilometr ko’chani asfaltlashtirish uchun “Tashabbusli byudjet” mablag’laridan 960 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram