O’ZBEK TILI – MILLIY O’ZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI
2022-10-21 18:32:14 181
Bugun tuman madaniyat uyining majlislar zalida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 33-yilligiga bag’ishlab yuqorida keltirgan shior ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi.
Tuman hokimi so’zga chiqib, o’zbek tilining jahon hamjamiyatidagi o’rni va mavqei haqida gapirar ekan, bugun bu til jahon minbarlaridan yangaryotgani davlatimiz nufuzining ortib borayotganidan dalolat ekanini alohida ta'kilda, o’tdi. – Bugun O’zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko’tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora oshib bormoqda, - dedi tuman hokimi.
Aytish mumkinki, So’x tumanida ham xalqimizning a'lo darajadagi kayfiyatida barcha jabhalarda, jumladan xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarda, maktabgacha ta'lim muassasalarida, kasb-hunar maktablarida, axborot kutubxona markazlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 oktyabr 2019 yili qabul qilingan 5850-sonli qarori asosida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” shiori ostida keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlovlar va insholar tanlovi o’tkazib kelinmoqda. Bunday tanlovlarda yoshlarimiz faxr, g’urur va iftixor ila o’z bilim va tafakkurini sinab, faol qatnashmoqda.
Tadbirda ishtirok etgan Sharqobod mahallasidagi 15-sonli UO’T maktabining 7-sinf o’quvchilari til bayramiga bag’ishlab tayyorlangan badiiy kompozitsiyani tomoshabinlar hukmiga havola etdilar. O’quchilar tomonidan o’zbek tilini madh etuvchi she'rlar o’qilib, diltortar qo’shiqlar ijro etildi va namoyish etilgan sahna ko’rinishida o’zbek tilining o’ziga xos mavqei ochib berildi.
Tadbirda ishtirok etgan muxlislar ham til haqida she'rlar aytib, yig’ilganlar ko’ngliga zo’r kayfiyat baxsh etishdi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Furqatjon Rahimov tomonidan qiroat etilgan 64 qatorli “Ona tilim” she'ri tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram